Maktab · Bog'cha · Turniket · Face ID
Maktab va bog'cha uchun
turniket va Face ID davomat
O'quvchi yuzini terminalga ko'rsatadi — turniket ochiladi, davomat yoziladi va ota-onasiga Telegram orqali rasmli xabar boradi. SchoolDay Hikvision yuz tanish terminallarini yangi yoki mavjud turniketingizga ulaydi.
HikvisionFace Recognition Terminal
Maktabga turniket va Face ID nima beradi
Begonalar kirmaydi
Turniket faqat bazadagi o'quvchi va xodimlar uchun ochiladi — maktab xavfsizligi oshadi.
Yuzni tanish
Karta yoki kalit kerak emas: o'quvchi kartasini yo'qotmaydi va boshqaga bera olmaydi.
Ota-onaga Telegram xabar
Farzand maktabga kirganda va chiqqanda ota-ona darhol rasm va vaqt bilan xabar oladi.
Sinflar bo'yicha davomat
Kim keldi, kim kechikdi, kim kelmadi — har bir sinf va smena bo'yicha real vaqtda.
Avtomatik hisobot
Kunlik va oylik davomat qog'oz jurnalsiz, bir tugma bilan.
Har qanday turniket
Tripod, kalitka va flap turniketlar hamda eshikdagi elektromagnit qulflar bilan ishlaydi.
Maktabga turniket qanday o'rnatiladi
- Ko'rib chiqamiz. Kirishlar soni, o'quvchilar soni va mavjud uskunaga qarab komplekt tanlaymiz.
- O'rnatamiz. Turniket va Hikvision Face ID terminali montaj qilinadi. Turniket bo'lsa, faqat terminal qo'shiladi.
- Bulutga ulaymiz. Terminal internet orqali SchoolDay'ga ulanadi — maktabda server yoki kompyuter kerak emas.
- O'quvchilar va ota-onalar. O'quvchilar rasmi bilan qo'shiladi, ota-onalar telefon raqami orqali Telegram botga bir marta ulanadi.
Nima uchun Telegram xabarnoma muhim
Ota-ona kun oxirini kutmaydi va o'qituvchiga qo'ng'iroq qilmaydi: farzandi maktab eshigidan o'tgan zahoti Telegram'da rasm bilan xabar keladi. Bu oilaga xotirjamlik, maktab ma'muriyatiga esa kamroq savol.
Turniket narxi uning turi va kirishlar soniga bog'liq — qo'ng'iroq qiling, maktabingiz uchun bepul hisob-kitob qilamiz. Korxonalarda xodimlar davomati uchun alohida tizimimiz bor — PayDay.
Maktab turniketi va Face ID haqida savollar
Ota-onalar xabarni qanday oladi?
Ota-ona SchoolDay Telegram botiga telefon raqamini bir marta yuboradi. Shundan keyin farzandi har kirib-chiqqanda rasm va vaqt bilan xabar keladi.
Turniketsiz ham ishlaydimi?
Ha, kirishga faqat Face ID terminali o'rnatish mumkin. Begonalarni kiritmaslik kerak bo'lsa, turniket qo'shiladi.
Bog'cha uchun mos keladimi?
Ha. SchoolDay maktab va bog'chalarda ishlaydi, guruhlar sinflar kabi sozlanadi.
Mavjud turniketimizga ulasa bo'ladimi?
Ha. Hikvision terminali turniket kontrolleriga ulanadi va yuzni tanigandan keyin turniketni ochadi.
Maktabga turniket o'rnatish narxi qancha?
Narx turniket turi, kirishlar soni va terminal modeliga bog'liq. Qo'ng'iroq qiling yoki Telegramga yozing — bepul hisoblab beramiz.
Bepul maslahat oling
Maktabingiz yoki bog'changiz uchun qaysi turniket va terminal kerakligini aniqlab, narxini hisoblab beramiz.